Get Mystery Box with random crypto!

Kobeyj kartasi nima ekanligidan xabardormisiz? Kobeyj plastik | АКБ Universalbank

Kobeyj kartasi nima ekanligidan xabardormisiz?

Kobeyj plastik kartasi - bir vaqtning o‘zida bir nechta to‘lov tizimlarida to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy plastik kartadir.

Universalbank’da siz Uzcard va Union Pay to‘lov tizimlari uchun kobeyj kartasini rasmiylashtirishingiz mumkin.

Bittagina shu kartadan foydalangan holda siz O‘zbekistonda terminal orqali tovar yoki xizmatlarga to‘lov qilishingiz, Uzcard to‘lov tizimi bankomatlarida pullarni naqdlashtirishingiz, hamda xorij davlatlarida Union Pay terminal va bankomatlari orqali to‘lov qilishingiz mumkin.

Kobeyj kartalarini to‘ldirish milliy valyuta - so‘mda amalga oshiriladi. Xorijda to‘lovlarni chet el valyutasida amalga oshirish mumkin, mablag‘lar kartadan bank kursiga muvofiq so‘mda yechiladi.

Bundan tashqari, ushbu kartalar aloqasiz to‘lovlar texnologiyalarini qo‘llagan holda ishlash imkoniyatiga ega (NFC).

:
https://t.me/myuniversalbank
:
71 200 11 10
:
https://universalbank.uz