Get Mystery Box with random crypto!

​Qadrli men, Bilaman, charchagansan. Bilaman senga qiyin. O | MoodSwitch

​Qadrli men,

Bilaman, charchagansan. Bilaman senga qiyin.

Oʻz orzu-maqsadlaringga qancha yaqinlashganing sayin oʻzingni shuncha uzoqda his qilishing,

vaqtingni toʻgʻri taqsimlab olmaganing yetmagandek, energiyangni ham tez yoʻqotib qoʻyishing,

Odamlarga yaxshilik qilaman deb , hatto piyozini ham yemagan somsangga pul toʻlab yurishing,

Mustaqil boʻlaman deb oʻzingni oʻqqa, cho'qqa urishing,

Majburiyatdan bajaradigan bir tiyinga qimmat ishlaring tufayli, sevimli mashgʻulotlaringga vaqt ajratolmay qolishing,

Kutilmagan hodisalar tufayli yomon vaziyatga tushib qolishing,

Koʻrinishdan yosh, suhbatlashganda esa 87 yosh koʻrinishing,

Ishdan charchab chiqib, dadam bilan qaytarmanda uyga, deb, dadangni ofisini pastida mashinani ichida kutib o'tirishing,

Zerikmay, deb, post yozaman deganingda, telefoningni zaryadi 2 % qolib, asabiylashishing,

Bugun darsda charchagan paytingda eshikka suyanaman deb, ochiq eshikka suyanvorib yiqilib tushishing,

Uni ustiga hamma ahmoqona gaplaringni hammaga post qilib yozishing....

Ha..
Juda qiyin senga.

Lekin baribir, sen kuchlisan. Irodalisan. Hammasi oʻtib ketadi.

Hurmat bilan
Oʻzim.

t.me/mymoodswitch