Get Mystery Box with random crypto!

Shu kunlarda Barselonada (Ispaniya) anʼanaviy Butunjahon mobil | Mobiuz

Shu kunlarda Barselonada (Ispaniya) anʼanaviy Butunjahon mobil kongressi (MWC 2024) boʻlib oʻtmoqda. Mobiuz delegatsiyasi kongress tadbirlarida ishtirok etmoqda, jumladan, sayyoramizning eng yirik telekommunikatsiya ko‘rgazmasidagi yangiliklar bilan tanishib chiqmoqda.

MWC – bu GSM Assotsiatsiyasi (GSMA) tomonidan tashkil etiladigan tadbir. Mobiuz ushbu assotsiatsiyaning to‘laqonli a’zosi sifatida har yili MWC ishtirokchilari bilan bilim va tajriba almashadi, biznes va sarmoyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi, O‘zbekistonda joriy etish maqsadida yangi texnologiyalar bilan tanishadi.

Bunday hamkorlik natijasida 2023-yilda Mobiuz birinchi bo‘lib O‘zbekiston bo‘yicha VoLTE va ViLTE xizmatlarini ishga tushirdi, shuningdek birinchi bo‘lib LTE 2100 standartidan foydalana boshladi. O‘tgan yili VoWiFi imkoniyatlari ham birinchi marta aynan Mobiuz tomonidan namoyish etildi.

MWC 2024 joriy yilning 29-fevraligacha davom etadi. Mobiuz delegatsiyasi vakillari ko‘plab muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirgan.



В эти дни в Барселоне (Испания) проходит традиционный Всемирный мобильный конгресс (MWC 2024). Делегация Mobiuz участвует в мероприятиях конгресса, в том числе изучает ноу-хау на крупнейшей телекоммуникационной выставке планеты.

Организатором MWC является Ассоциация GSM (GSMA), полноправным членом которой и является Mobiuz. Представители компании ежегодно обмениваются знаниями и опытом с участниками MWC, налаживают деловое и инвестиционное сотрудничество, знакомятся с новыми технологиями для их внедрения в Узбекистане.

Именно благодаря такому взаимодействию Mobiuz в 2023 году первым запустил по всему Узбекистану услуги VoLTE и ViLTE, а также впервые на рынке начал применять стандарт LTE 2100. В прошлом году также впервые были продемонстрированы возможности VoWiFi.

MWC 2024 продлится до 29 февраля этого года включительно. За эти дни делегации Mobiuz предстоит провести множество переговоров и деловых встреч.

Telegram | Instagram | Youtube | Mobiuz ilovasi

#mobiuz #muhim #важно