Get Mystery Box with random crypto!

Mobiuz mobil operatori o‘z tarmoqlariga ilg‘or texnologiyalarn | Mobiuz

Mobiuz mobil operatori o‘z tarmoqlariga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va aholining raqamli imkoniyatlarini kengaytirishga intilmoqda.

Bunday yechimlarni amalga oshirish uchun yirik investitsiyalar, ilg‘or bozorlar va ishlab chiqaruvchilarga chiqish, ular bilan uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish talab etiladi.

25-yanvar kuni Mobiuz va xitoylik ishlab chiqaruvchilar O‘zbekistonda 2024-2028-yillarda mobil aloqani rivojlantirishni nazarda tutuvchi yangi hujjatlar to‘plamini imzoladi.

Xususan:
Mobiuz va Huawei o‘rtasida 2024-2028-yillarda Mobiuz mobil aloqa tizimlarini modernizatsiya qilish va kengaytirish loyihasi bo‘yicha shartnoma;

Mobiuz va ZTE o‘rtasida 2024-2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kompaniya tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha shartnoma;

Mobiuz va Huawei o‘rtasida 2024-2025-yillarda O‘zbekiston bo‘yicha Massive MIMO FDD texnologiyasini yanada tatbiq etish bo‘yicha kelishuvga qo‘l qo‘yildi.

Batafsil ma’lumot

Telegram | Instagram | Youtube | Mobiuz ilovasi

#mobiuz #muhim