Get Mystery Box with random crypto!

Bugun, 2023-yil 1-dekabr kuni, biz Mobiuz’ning O‘zbekiston mob | Mobiuz

Bugun, 2023-yil 1-dekabr kuni, biz Mobiuz’ning O‘zbekiston mobil aloqa bozoridagi faoliyatining 9 yilligini nishonlayapmiz.

Biz barcha abonentlarimizga, korporativ mijozlarimizga, biznes va tijorat hamkorlarimizga tanlovlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va birgalikda erishgan yutuqlarimiz haqida qiziqarli ma'lumotlar taqdim etamiz!

Xizmatlarimizdan foydalanayotgan abonentlar soni 7 400 000 dan oshdi!

Bu yilning o'zida biz 4000 dan ortiq tayanch stansiyalarini ishga tushirdik - bu har qachongidan ham ko'proq ko'rsatkich! Yil oxirigacha ular yanayam ko'payadi.

So'nggi bir yil ichida mamlakatimizning aholi yashaydigan hududlarida 4G LTE tarmog'i qamrovi 88 foizdan 92 foizga oshdi!

Bu yil biz birinchi bo'lib VoLTE va ViLTE texnologiyalarini butun O'zbekiston bo'ylab ishga tushirdik! Va biz allaqachon yangi yechimlar ustida ishlamoqdamiz.

Bizning bitta abonentimiz oyiga o'rtacha 14 600 MB dan ortiq trafik sarflaydi! Bu 2020-yilga nisbatan 5,5 barobar ko‘p degani.

Mobiuz haqida yanada qiziqarli ma'lumotlarni bu yerdan o'qishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Youtube | Mobiuz ilovasi

#mobiuz #9yil #bukun