Get Mystery Box with random crypto!

“One Million Uzbek Coders” bitiruvchilari uchun foizsiz kredit | DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI

One Million Uzbek Coders bitiruvchilari uchun foizsiz kredit

One Million Uzbek Coders bitiruvchilari uskunalar xarid qilish uchun foizsiz kredit olishlari mumkin!

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
4-oktabr sanasidagi "Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
№ 617-sonli qaroriga ko‘ra, endilikda IT Parkʼning “One Million Uzbek Coders kurslari bitiruvchilari bundan buyon yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat dasturini amalga oshirish maqsadida uskunalar xarid qilish uchun foizsiz kredit olishlari mumkin bo‘ladi.

Shu munosabat bilan Aloqabank, Mikrokreditbank, Xalq bank kabi banklarda foizsiz kredit olish tartibi belgilandi.

Kompyuterlar sotib olish uchun iste’mol kreditlari joriy BHM (bazaviy hisoblash miqdori) ning 25 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda ajratiladi, bu ayni paytda 7 500 000 so‘mni tashkil etadi.

Kredit 2 yil muddatga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplanadi. Asosiy qarz qarz oluvchi tomonidan toʻlanadi.

Foizsiz kredit olish uchun nima qilish kerak?

1. “
One Million Uzbek Codersplatformasidagi kurslarni ko‘pi bilan ikki oy oldin tamomlaganlik sertifikatiga ega bo‘lish;
Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiling va onlayn ariza bering: https://my.gov.uz/ru/service/523;

2. Taqdim etilgan ma’lumotlar tasdiqlangach,
taxminan 3 ish kuni davom etadi, Yoshlar ishlari agentligi ariza beruvchiga zarur jihozlarni xarid qilish uchun kredit bo‘yicha foiz stavkasi kompensatsiyasi to‘g‘risida ma’lumotnoma yuboradi;

3. Ariza beruvchi tomonidan tanlangan bank 15-30 kun ichida kredit berish masalasini ko'rib chiqadi va mablag'larni asbob-uskunalar sotuvchisining hisob raqamiga o'tkazadi;

4.
Yoshlar ishlari agentligi tomonidan har oyning 25-kuniga qadar kredit bo‘yicha foiz stavkalari tijorat bankiga o‘tkaziladi.

Muhim:

Bu xizmat mutlaqo bepul. “One Million Uzbek Coders” sertifikati ko‘pi bilan ikki oylik bo‘lishi kerak. Yaʼni agar siz shu oyda kredit olmoqchi boʻlsangiz, unda sizning sertifikatingiz noyabr yoki dekabr oyida boʻlishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, “One Million Uzbek Coders – bu IT Parkʼning taʼlim loyihasi boʻlib, u mobil texnologiyalarni ishlab chiqish, maʼlumotlarni tahlil qilish, frontend va fullstack-dasturlash kabi yoʻnalishlarda bepul IT kurslarini taqdim etishga qaratilgan. Ushbu platforma BAAda “One Million Arab Codersloyihasini muvaffaqiyatli amalga oshirgan Dubai Future Foundation bilan hamkorlikda dasturlangan.

Ushbu platforma tufayli talabalar malakali IT-mutaxassislar nazorati ostida kelajak kasbini egallashlari mumkin! Har bir onlayn kurs yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar beriladi.

One Million Uzbek Coderskurslariga havola orqali roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: https://uzbekcoders.uz

https://t.me/MyGovUz_DavXizmat