Get Mystery Box with random crypto!

Paxta va to‘qimachilik klasterlarini qanday tashkil etish mumk | my.gov.uz

Paxta va to‘qimachilik klasterlarini qanday tashkil etish mumkin?

Buning uchun har yili 10-sentyabrga qadar my.gov.uz orqali masofadan turib ariza topshirishingiz lozim.

Murojaat muvaffaqiyat sari birinchi qadam deganlaridek, arizangiz viloyat hokimligi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Agar hujjatlar to‘g‘ri va to‘liq bo‘lsa, Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etiladi.

Ushbu davlat organi murojaatchining klaster faoliyati bilan shug‘ullanishi yuzasidan o‘z munosabatini bildirgach, xulosani viloyat hokimligiga yo‘llaydi.

Tegishli hujjatlar viloyat hokimligi klaster faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qarorni qabul qiladi.

Guvohi bo‘lganingizdek, siz emas, hujjatlaringiz harakatlanadi. Barcha jarayonlar onlayn amalga oshadi.





  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot