Get Mystery Box with random crypto!

My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarfl | my.gov.uz

My.gov.uz imtiyozga ega shaxslarga ularni davolash uchun sarflangan mablagʻ va dori vositalari haqida onlayn maʼlumot beradi

Yagona portalda Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi faoliyatiga oid yangi xizmat ishga tushirildi.

Endilikda imtiyozga ega shaxslar tibbiyot tashkilotlarining ularga koʻrsatgan tibbiy xizmatlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar uchun Davlat tibbiy sugʻurta jamgʻarmasi tomonidan qoplangan mablagʻlar haqida toʻliq maʼlumotlarni onlayn tarzda olishlari va bu orqali jamoatchilik nazoratini oʻrnatishlari mumkin.

Buning uchun my.gov.uz portaliga kirib, “Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxsga elektron yoʻllanma asosida koʻrsatilgan tibbiy xizmatlar maʼlumoti”ni olishga soʻrov yuboriladi.

Ota-onalar ham ushbu xizmat orqali farzandlariga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar haqida toʻliq maʼlumot olish imkoniyatiga ega.

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul!

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot