Get Mystery Box with random crypto!

Traktor-mashinist guvohnomasini olishning yangi tartibini bila | my.gov.uz

Traktor-mashinist guvohnomasini olishning yangi tartibini bilasizmi?

Buning uchun my.gov.uz orqali onlayn tarzda ariza to'ldirish va zarur hujjatlarni ilova qilish mumkin. Shunda ariza mas’ul tashkilot tomonidan qisqa muddat ichida ko'rib chiqiladi va talabgorga imtihon topshirish ma'qullangani yoki rad etilgani haqida xabarnoma keladi.

Agar ruxsat berilsa, nazariy imtihon sanasi va vaqti to‘g‘risida ham xabarnoma yuboriladi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o'tganlarga guvohnomani olib ketish mumkinligi bildiriladi.

Xizmat uchun tegishli tariflar asosida to‘lov amalga oshiriladi. My.gov.uz’dan foydalanganlarga 10 foiz chegirma beriladi.

https://youtube.com/shorts/tSMHa0u2UlY?feature=share

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot