Get Mystery Box with random crypto!

Qimmatli qogozlar bozori ishtirokchisiga aylanishni istaysizmi | my.gov.uz

Qimmatli qogozlar bozori ishtirokchisiga aylanishni istaysizmi?

My.gov.uz da "Qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiyadan o‘tkazish, shuningdek, ularga malaka sertifikatini berish" xizmati mavjud.

Ushbu xizmatdan asosan brokerlar, investitsion maslahatchilar, valyuta birjalari mutaxassislari, aksiyadorlik jamiyatlarining tegishli rahbaru xodimlari hamda boshqalar foydalanishlari mumkin.

Malaka sertifikatini qo‘lga kiritish uchun attestatsiyadan o‘tish talab etiladi.

Mazkur sertifikatni olganlar keyinchalik qimmatli qog‘ozlar bozorida turli operatsiyalarni amalga oshirish, investitsion maslahatchilar sifatida faoliyat yuritish, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini ishonchli boshqaruvga qabul qilish singari huquqlarga ega bo‘lishadi.

Xizmat pullik va my.gov.uz orqali foydalanilganda 10 foiz chegirma mavjud.

Eslatma!

Moliya-iqtisod, huquqshunoslik sohasi bo‘yicha imtiyozli diplomga ega oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda CFA Institute, ACI, ACCA xalqaro tashkilotlari sertifikatiga ega talabgorlar attestatsiyadan o‘tmay va belgilangan yig‘imni to‘lamasdan ham II toifali malaka sertifikatini olishlari mumkin.

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram Bot