Get Mystery Box with random crypto!

My.gov.uz bilan bu juda oson Hayotiy vaziyatlarda eng ko‘p | my.gov.uz

My.gov.uz bilan bu juda oson

Hayotiy vaziyatlarda eng ko‘p to‘qnash keladigan davlat xizmatlaridan ortiqcha ovoragarchiliksiz foydalanishni istaysizmi?

Gaz, svet, ichimlik suvi, issiq suv tarmoqlariga yangi ulanishdan tortib, hisoblagichlarni qiyoslovdan oʻtkazish, yana kommunal toʻlovlarni toʻlash deysizmi – barini onlayn hal qilsa bo‘ladi.

Ijro boʻyicha qarzdorlik bor-yoʻqligini tekshirish, pasportni ID-kartaga almashtirishga ariza topshirish, yashash joyidan tortib, harbiy xizmatga roʻyxatga qoʻyish yoki undan chiqish kabi xizmatlarni ham my.gov.uz bilan bitirasiz.

Pensiya haqida maʼlumot, sanatoriylarga yoʻllanma, nafaqa tayinlash yoki ipoteka krediti uchun subsidiya ajratilishi bilan bog‘liq xizmatlarni ham shu manzildan olasiz.

Davlat xizmatlaridan my.gov.uz orqali foydalanib, hayotingizni yengillashtiring!

https://youtube.com/shorts/mMVTYLMu0jc?feature=share

  my.gov.uz | egov.uz
Telegram Facebook  YouTube instagram