Get Mystery Box with random crypto!

Izoh Qator telegram kanallarida “endi 083/h shakldagi tib | my.gov.uz

Izoh

Qator telegram kanallarida “endi 083/h shakldagi tibbiy maʼlumotnomani olish uchun tibbiyot muassasasiga borish shart emas” mazmunida xabarlar tarqalmoqda.

Biroq ular my.gov.uz portalidagi Tibbiy maʻlumotnomalarni olish (083/h shakldagi) xizmati haqida notoʻgʻri maʼlumot berishmoqda.

Rasmiy telegram kanalimizdagi ushbu xizmat boʻyicha berilgan xabarda “083/h maʻlumotnoma”ni olish uchun tibbiyot muassasasiga QAYTA BORISH shart emas", deyilgan. Yaʼni “083/h maʻlumotnoma”ni olish uchun albatta tibbiyot muassasasiga boriladi, tegishli shifokorlar koʻrigidan ham oʻtiladi, talab etiladigan tahlillar ham topshiriladi. Faqat tayyor boʻlgan maʼlumotnomani olish uchun tibbiyot muassasasiga qayta borish shart boʻlmaydi. Maʼlumotnomani onlayn yuklab olish imkoniyati yaratilgan.

Shu o'rinda ijtimoiy tarmoq faollaridan maʼlumotni notoʻgʻri talqin etmasliklarini soʻrab qolamiz!

my.gov.uz faoliyati hamda unda joriy etilayotgan imkoniyatlar borasidagi so'nggi ma'lumotlardan ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali birinchilardan xabardor bo'ling!

my.gov.uz egov.uz
Telegram Facebook YouTube instagram