Get Mystery Box with random crypto!

So‘rang – javob beramiz! “1242” qisqa raqamiga eng ko‘p yo‘ | my.gov.uz

So‘rang – javob beramiz!

“1242” qisqa raqamiga eng ko‘p yo‘llangan savollardan biri

“Haydovchilik guvohnomasi olish uchun xususiy avtomaktablardan biriga o‘qish uchun hujjat topshirmoqchi edim. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishda ruhiy kasalliklar va narkologik dispanserdan ma’lumotnoma olib kelish so‘raldi. Menga bu hujjatlar uchun shaharning narigi bir burchagiga ovora bo‘lib borib kelish yoqmayapti. Ma’lumotnomani onlayn tarzda olsam, so‘ralgan joyga o‘tadimi? Buning uchun nima qilishim kerak?”

Ruhiy kasalliklar va narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turish-turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni elektron tarzda olish uchun my.gov.uz portali yoki uning mobil ilovasidagi tegishli xizmatlardan foydalansangiz bo‘ladi.

Buning uchun sizdan hech qanday hujjat ham, elektron raqamli imzo ham talab etilmaydi.

Ma’lumotnoma avtomat tarzida taqdim qilinadi va an’anaviy hujjat bilan teng huquqiy kuchga ega.

Xizmat narxi – 5400 so‘m

@MyGovUz | @eGovUz