Get Mystery Box with random crypto!

Yangi xizmat, yangi qulaylik bilan! My.gov.uz da «Oliy, o‘rt | my.gov.uz

Yangi xizmat, yangi qulaylik bilan!

My.gov.uz da «Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida diplom dublikatini olish» xizmati ishga tushirildi

Endi ta’lim muassasasini tamomlagan shaxs diplomi yo‘qolgan yoki shikastlangan taqdirda, uning dublikatini olish uchun onlayn ariza berishi va hujjatni o‘zi ko‘rsatgan manzilda qabul qilib olishi mumkin.

Ya’ni xizmat natijasini olish uchun vakolatli organga borish talab etilmaydi. Hujjat “O‘zbekiston pochtasi”ning kuryerlik xizmati orqali yetkazib beriladi.

Dublikat ham asl nusxadagi kabi yuridik kuchga ega.

@MyGovUz | @eGovUz