Get Mystery Box with random crypto!

Fuqarolar kadastr xizmatlaridan bevosita my.gov.uz sayti orqal | my.gov.uz

Fuqarolar kadastr xizmatlaridan bevosita my.gov.uz sayti orqali foydalanishlari mumkin

2022-yilning 1-oktyabr holatiga Kadastr agentligiga kelib tushgan murojaatlarning 12 ming 795 tasi (76 foizi) qanoatlantirilgan. Shuningdek, 3 ming 737 tasi (22,2 foizi) ga umumiy tushuntirish berish orqali ko‘rib chiqilgan. Murojaatlarning 304 tasi (1,8 foizi)ga qonun hujjatlari asosida rad etilgan.

2022-yilning o‘tgan davri mobaynida Kadastr agentligi va hududiy boshqarmalarida qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar va mas’ul xodimlarga nisbatan 32 ta jarima va 142 ta hayfsan, jami 174 ta intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, fuqarolar kadastr pasportini shakllantirish, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, ma’lumotnomalar olish, geodeziya, kartografiya va topografiya faoliyatiga litsenziya olish bilan bog‘liq va boshqa yo‘nalishlarda kadastr xizmatlaridan foydalanish uchun bevosita my.gov.uz sayti, DXM yoki «Litsenziya axborot tizimi» orqali ariza qoldirishi mumkin.

@eGovUz