Get Mystery Box with random crypto!

Endi arxiv xizmatlarini olish osonlashdi Inson umri davomid | my.gov.uz

Endi arxiv xizmatlarini olish osonlashdi

Inson umri davomida ko‘plab voqealar va o‘zgarishlarni boshdan kechiradi: bolaning tug‘ilishi, yaqin kishining o‘limi, ish o‘zgarishi, pensiyaga chiqish, meros qolgan mulk, oldi-sotdi ishlari, yangi uyga ko‘chish...

Bularning barchasi nafaqat xotirada, balki qog‘ozlarda ham saqlanadi. Ko‘pchiligimiz bu kabi hujjatlarni uyimizda saqlaymiz, hamma ham alohida seyfga yoki maxsus saqlash joylariga ega emas.

Natijada muhim hujjatlar yo‘qoladi yoki shikastlanadi. Arxiv ma’lumotlarini olish esa uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, odamdan vaqt va sabr talab qiladi.

Raqamlashtirish tufayli endi bu jarayonlar osonlashdi. Fuqarolar my.gov.uz orqali arxiv xizmatlarini onlayn olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

Buning uchun ushbu manzilga o‘tish kifoya: КIRISH.

Xizmatdan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma ham bor:

@MyGovUz | @eGovUz