Get Mystery Box with random crypto!

Mening eski telefonimda avtomatik tarzda barcha kirish va chiq | My life

Mening eski telefonimda avtomatik tarzda barcha kirish va chiqish qoʻngiroqlari yozib olinardi kecha eski telefonimdan qolgan chip yani xotira kartasi esimga tushib qoldi va uni olib o’sha yozib olingan qo’ng’iroqlarni jimgina tingladim, baʼzilarini tinglab tabassum qildim, baʼzilarini tinglab koʻzlarim nam boʻldi. 1 yildan ortiq vaqt davomidagi barcha qoʻngiroqlar. Yigʻlab eshitganlarim shu vaqt davomida bu yorugʻ olamni tark etgan insonlar. Yana bir bor imkoni bolsaydi gaplashsam deganlarim. Afsuslanganim bu vaqtinchalik xayotimda yaqin inson roʻlini oʻynab hozirda esa borligi ham nomaʼlum boʻlgan arzon odamlar.
Yoshim ulgʻaygani sayin bitta narsani shunchalik tushunib boryapman: Bizning bu imtihon uchun berilgan cheklangan umrimiz juda qisqa va unda eng muhimi bu vaqt. Vaqtingizni kimga va nimaga sarflayotganingizga juda ehtiyot boʻling, chunki sizga yana vaqt berilishi mumkin ammo u avvalgisdek qiymatga ega boʻlmaydi...