Get Mystery Box with random crypto!

Taʼlimga oid vazirliklar va boshqaruv organlari birlashtirilmo | My Factor Academy Rasmiy

Taʼlimga oid vazirliklar va boshqaruv organlari birlashtirilmoqda

Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi – endilikda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi deb nomlanadi.

Maktabgacha taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi qaytadan birlashtirilmoqda. Endilikda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi faoliyat yuritadi.

Prezident taʼlim muassasalari agentligi – Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi shaklida qayta tashkil etilib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi – Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuriga o‘tkazilmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat Test Markazining nomi va tuzilmasi o‘zgaradi. Bilim va malakalarni baholash agentligi sifatida qayta tashkil etilmoqda. Davlat test markazi esa Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi sifatida qayta tashkil etilmoqda.

Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tugatiladi.

https://t.me/my_factor

+998995321028

Telegram | Instagram | Fecebook