Get Mystery Box with random crypto!

MY DTM UZ ✅

Telegram kanalining logotibi my_dtm_uz — MY DTM UZ ✅ M
Telegram kanalining logotibi my_dtm_uz — MY DTM UZ ✅
Kanal manzili: @my_dtm_uz
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.76K
Kanalning ta’rifi

Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun
Yangiliklarni rasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin.
Rasmiy bot @my_dtm_uz_bot
Royhatdan otkazamiz

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-30 10:02:57
Assalomu alekum hurmatli abiturent!

Universitetga va magistraturaga hujjat topshirishda qiynalyapsizmi? Biz bilan bu juda oson. Biz O'zbekiston bo'ylab 5 ta xoxlagan unversitetga va oliygohlarga hujjatlarizi royxatdan online tarzda hujjatlaringizni topshirib beramiz.
Kerak boladi. Pasport va diplom yoki atestat. rasmga olib. Yuborasiz
Abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish

Esdan chiqarmang xizmatlar pullik – 15.000 so'm.

Tezda biz bilan bog'laning va bugunni o'zida hujjat topshiring
Admin

@my_dtm_Adm1n
19.4K views07:02
Ochish/sharhlash
2022-06-29 07:32:15 2021 yilgi o‘tish ballari!

Bu faylni xozir xamma izlayapti! Chunki ushbu PDF faylda 2021 yilgi kirish imtihonlarida qayd etilgan minimal o‘tish ballari keltirilgan.

O‘zingizni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tish ballarini topishingiz mumkin.

Сафимизга қўшилинг:
@my_dtm_uz
16.2K views04:32
Ochish/sharhlash
2022-06-16 15:03:25
Бу йилги қабул жараёнидаги муҳим янгиликлар

— ижодий имтиҳон топширувчи абитуриентлар ҳам 3 та мажбурий фанлардан тест топширишади;
— ўқишга кириш имтиёзларининг квоталари алоҳида қилинади;
— хорижий ва нодавлат олий таълим муассасаларига давлат томонидан 500 та грант ажратилади;
— хорижий ОТМлар учун ажратиладиган квота бу йил 2 бараварга оширилади.

Сафимизга қўшилинг:
@my_dtm_uz
15.2K views12:03
Ochish/sharhlash
2021-11-19 17:46:52 Bitiruvchilarning baholari OTMga kirishda inobatga olinadi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 696-son qarori bilan “Taʼlim tashkilotlari bitiruvchilari baholarining o‘rtacha ko‘rsatkichini hisoblash va uni oliy taʼlim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, majburiy 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari o‘rtacha ko‘rsatkichi oliy ta’lim tashkilotlariga kirish imtihonlarida inobatga olinadi.

Baholar ta’lim tashkilotlarining elektron platformalari orqali hisoblanadi va Davlat test markazining “ABITUR” dasturiga uzatiladi.

Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali hisoblanadi.

Baholash tizimidagi maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha konvertatsiya qilinadi:

86-100% uchun – 5 baho;
71-85% – 4 baho;
56-70% – 3 baho;
56% gacha – 2 baho.

Mazkur tartib 2022-2023-o‘quv yilidan amaliyotga joriy etiladi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram @my_dtm_uz
17.6K views14:46
Ochish/sharhlash
2021-11-06 16:29:54 ​#Professional_taʼlim

Rasman: 10-20-noyabr kunlari kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun test sinovlari oʻtkaziladi

Yoshlar hamda mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan xodimlarni kasb yoki mutaxassisliklar egallashini qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2021/2022-oʻquv yilida kollej va texnikumlarga SIRTQI, KECHKI va DUAL taʼlim shakllari boʻyicha roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar kirish imtihonlarisiz toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadi.

2021/2022-oʻquv yili qabulida kollej va texnikumlarga KUNDUZGI taʼlim shaklida oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni belgilangan qabul parametrlariga nisbatan tanlov ortgan kasb (mutaxassislik)larga Davlat test markazi tomonidan 2021-yil 10-20-noyabr kunlari test sinovlari tashkil qilinadi.

Test sinovlari professional taʼlim muassasalarining binolari va viloyat markazlarida tayyorlangan katta sigʻimli bino va inshootlarda oʻtkaziladi.

Test sinovlari oʻtkaziladigan binolarning manzili va test sinovlarida ishtirok etish boʻyicha ruxsatnomalarni taqdim etish vaqti qoʻshimcha ravishda maʼlum qilinadi.
__
@my_dtm_uz
14.4K views13:29
Ochish/sharhlash
2021-10-16 19:56:33 Hurmatli yoshlar!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq, 2022-2023-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida o‘qishga nomzodlarni saralab olish bo‘yicha TANLOVDA ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Tanlovda mazkur qaror talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va/yoki o‘tayotgan, shu jumladan, harbiy xizmatga chaqiriluvchi bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari, erkak jinsidagi, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra yaroqli deb topilgan, bo‘yi 170 sm dan past bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun dxx.dtm.uz rasmiy veb-sayti orqali joriy yilning 10-noyabr sanasiga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma dxx.dtm.uz saytida keltirilgan.

Davlat test markazining rasmiy sahifasi @my_dtm_uz
11.3K views16:56
Ochish/sharhlash
2021-10-16 19:55:31 MY DTM UZ pinned Deleted message
16:55
Ochish/sharhlash
2021-10-02 19:10:48 Super kontraktning minimal miqdorlari belgilandi

2021/2022-oʻquv yili qabulida bakalavriat ta’lim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021/2022 oʻquv yili uchun amalda belgilangan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllanilishi va koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan (vaksina olgan) abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga 10 foizli chegirma berilishi belgiln
@my_dtm_uz
8.9K views16:10
Ochish/sharhlash
2021-10-02 19:10:19 #LIVE

Vazir Abduqodir Toshqulov:

— Soʻnggi besh yilda magistratura boʻyicha eng katta yangilik bu — qabul kvotasining 8 baravarga oshirilganligi.

Joriy oʻquv yilida 12900 ta magistratura kvotasi uchun 75 ming nafar talabgor hujjat topshirgan.

— 2021/2022- o'quv yili magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan talabgorlar uchun qo‘shimcha qabulga oid qaror yaqin 1 hafta ichida chiqishi kutilmoqda.

OTMga qo‘shimcha qabul qilish ta'lim muassasasi tomonidan mustaqil hal qilinadi. Ular to‘lov-shartnoma asosida, 1 magistrning yillik o‘qish xarajatlari hisoblangan holda qabul qilinadi. Bu – bazaviy kontraktdan yuqori bo‘lishi mumkin.
8.3K views16:10
Ochish/sharhlash
2021-10-01 03:18:01
Жума куни кимга нимани раво кўрсангиз ўшани юборинг дейишади

Мен сизларга шу жойларга Ота-онангиз билан боришни сўрайман

ЖУМА айёмингиз муборак бўлсин ҚАДРДОНЛАРИМ.

@uzdey
8.1K views00:18
Ochish/sharhlash