Get Mystery Box with random crypto!

Baxt qorni to‘q, sog‘lom, puli bor, muammosiz va musibatlarga | My💫💭

Baxt qorni to‘q, sog‘lom, puli bor, muammosiz va musibatlarga yo‘liqmay
yashash emas, do‘stim! Agar shunday bo‘lganida payg‘ambarlardan ko‘ra
baxtsiz kishilar yer yuzida bo‘lmasdi.
Baxt - bu Allohga iymon keltirib to‘g‘ri yo‘ldan og‘maslik!
(Sen uchun doim Allohdan mana shunday baxtni so‘rayman).





Do‘stim, muhabbat yozuvlarda emas. Muhabbat quruq va’dalarda emas.
Muhabbat siyratni o‘qib qo‘yish ham emas. Muhabbat bir yig‘lab, bir ovunish
ham emas. Muhabbat - yorga munosib bo‘lish uchun intilish va bu yo‘ldamalomatchining malomatiga tupurish.






Do‘stim, sen va o‘zim uchun Allohdan Anas ibn Molikning sadoqatini
so‘rayman. Na sakson yillik uzun umriga va na mehribon volidasiga Rasululloh sirini aytib qo‘ymagan Anasning sadoqatini.





"Do'stimga maktub " kitobidan




@my_codei