Get Mystery Box with random crypto!

Ekstravagantlik(G'ayrioddiylik) Bizda bunday odamlar kam | My Biblo

Ekstravagantlik(G'ayrioddiylik)

Bizda bunday odamlar kam yoki boʻlsa ham soxta. Koʻpchilik odamlar gapiradi deb yuzlariga koʻplab niqoblar tayyorlashgan va asl oʻzligi qandayligini unutishgan.
Uyalmayman, oʻzimda ham bir nechta "niqoblar" bor, ularni baʼzida oʻz manfaatim va komfortim(comfortable - qulaylik) uchun ishlataman.

Ekstravagantlar oʻzi kim?
Ularda deyarli "uyat" yoʻq. Ular qoʻshnisi Husniya hola u haqida nima deyishini bir marta ishlatiladigan salfetkachalik qadri yoʻq. Biror narsa yoqadimi/yoqmaydimi, sababni keragi yoʻq, shunchaki yoqmaydi/yoqadi. Biror ish qilmoqchimi natijasidan koʻngli toʻlmasa ham qilib, mazza qiladi.

Tashqi koʻrinishi, xulqi, harakteri oʻzi hohlaganday boʻladi va eng muhimi ularning koʻpchiligi nimani hohlayotganlarini biladi.

"Soxtalari" esa shunchaki ularga taqlid qiladigan va oʻz hohishlarini zoʻraki koʻrsatadigan odamlar. Ular ham qisman gʻayrioddiy.

Meni koʻp oʻylantiradigan narsa, agar dunyoda shunday bir qoidalar oʻrnatilsa-yu, unga hamma amal qilsa hilma-hillik yoʻqoladimi yoʻqmi? Axir odamni odam qiladigan narsa bu individuallik.

Xulosani oʻzingga qoldiraman...

#atama #fikr
@My_biblo