Get Mystery Box with random crypto!

Ayol - bu bir ojiz hilqat. Ayol kishiga qo'l ko'tarish, unga z | My mind

Ayol - bu bir ojiz hilqat. Ayol kishiga qo'l ko'tarish, unga zulm qilish va haqoratlash erkak kishiga hos bo'lmagan hislat deb bilaman. Ayollarni kamsitish emas, e'zozlash va hurmat qilish kerak. Har bir ayol kimningdir onasi, opasi yokida singlisi. Biron kim onamizga yoki bo'lmasa yaqinimizga beodoblik qilsa bu bizga yoqmaydi lekin ko'chada o'zimiz ham shu ishni qilamiz. Sizni hurmat qilishlari uchun avvalo siz o'zingizni hurmat qilishingiz lozim.

Hozirgi yoshlarning shu holatga kelib qolishiga ota-onalarning o'zlari sababchidir. Faqat va faqat ish, pul topish bilan ovora bo'lib ota-onalar farzandlariga befarq bo'lib qoldilar. Ularning tarbiyasiga e'tibor qilmay qo'yishdi. Uyda mehr ko'rmagan farzand albatta uni ko'chadan izlaydi. Oqibatda kimningdir yolg'on shirin so'zlariga uchib aldanib qoladi.

Hozirgi paytda shu darajada dangasa bo'lib qoldikki, hatto yosh chaqaloq yig'laganda uni ovutish o'rniga qo'liga telefon berib qo'yaqolamiz.

#Fikrlar

@Shaxsiy_Xulosalar