Get Mystery Box with random crypto!

Ijtimoiy himoya milliy agentligi imkoniyati cheklangan shaxsla | MY5 TV

Ijtimoiy himoya milliy agentligi imkoniyati cheklangan shaxslar orasidan vakant lavozimlariga ochiq tanlov eʼlon qiladi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi davlat xizmatchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yagona ochiq portali – vacancy.argos.uz platformasi orqali Agentlikning markaziy apparatidagi bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlovning 1-bosqichini e’lon qiladi.

Biz xilma-xillik kuchiga ishonamiz va har kim o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi mumkin bo'lgan inklyuziv ish muhitini yaratishga intilamiz. Shu munosabat bilan, biz nogironligi bo'lgan shaxslarni ushbu bo'sh ish o'rinlariga ariza berishga taklif qilamiz. Bizning jamoamizga qo'shiling va siz bilan birgalikda dunyoni o'zgartira olamiz!

Nomzodlarga alohida talablar:
Nogironligi boʼlgan shaxslar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan rasmiylashtirilgan nogironlik toʼgʼrisidagi maʼlumotnomaning kasb va mehnat tavsiyalari yoziladigan qismida koʼrsatilgan tavsiya asosida tanlovda ishtirok etadi.

Vakant lavozimlar bilan tanishish:
Voyaga yetmaganlar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi

Ijtimoiy toʼlovlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Katta yoshdagilar uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish va monitoring qilish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Inson resurslarini rivojlantirish va ijtimoiy ish metodologiyasi boshqarmasi bosh mutaxassisi

Inson resurslarini rivojlantirish va ijtimoiy ish metodologiyasi boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Moliya tahlil va rejalashtirish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Xaridlar boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Raqamli texnologiyalarni joriy etish boshqarmasi yetakchi mutaxassisi

Nomzodlarning vakant lavozim uchun belgilangan malaka talablariga mosligini oʼrganib chiqish natijalari nomzodning vacancy.argos.uz portaldagi shaxsiy kabinetlariga xabar beriladi.

Telegram | Instagram
Facebook | YouTube