Get Mystery Box with random crypto!

Ajoyib somsa: Kerakli masalliqlar: 300 ml sut Un 500-60 | RECEPTI_MUQADDAS❤️

Ajoyib somsa:

Kerakli masalliqlar:


300 ml sut
Un 500-600 gr
Droje 1 gram
Margarin 300 -350 gr
1 ta tuxum
Sariyoģ 50 gr

Xamirni yoyish uchun:
2 osh qoshiq kukruzniy kraxmal
2 osh qoshiq un

Nachinka uchun
Piyoz 3 -4 ta
Go'sht laxm 300 gr
Tuz
Murch
Zira


Tayyorlanishi:
Sutni ilitib olamiz va ustidan 1gr droje 1 ta tuxum solamiz , 50 gr sariyoģ (tuz soselayam boladi) va un solib xamir qoramiz,so'ng 6 ta zuvalaga bo'lib olib tindirishga yuboramiz 1 soatga
Tinib chiqandan so'ng xamirlarni yupqa qilib yoyib olamiz yoyish uchun un va kraxmalni aralashtirib xamirni botirib olib yoyamiz va xona xaroratida erigan margarinni suramiz.
Ustidan xamir qo'yamiz yana ustidan margarin shu tariqa 6 qavat qilib olamiz .
So'ng xamirimizni o'rab olamiz rulet shaklida va paketga solib xolodilnikga qo'yamiz.
Ungacha piyozni parre-parre qilib to'g'rimiz go'shtni xam kubik shaklida to'g'rab olamiz,murch,zira solib aralashtirib olamiz.
Tingan xamirimizni olib bolaklarga bo'lib olamiz dumaloq shakilda so'ng extiyotkorlik bilan savatcha yasimiz videoda ko'rsatilgandek. nachinkamizaga tuz solib savatcha shaklidagi xamirimiz ichiga solib xamirimizni yopib pergament solingan listga qo'yamiz
200 ⁰-220⁰ ga 30-35 daqiqa davomida pishirib olamiz
Yoqimli ishtaxa


Dugonam Shahzoda tomonidan pishirilgan!