Get Mystery Box with random crypto!

Muzrob Baratov | IT Blog

Telegram kanalining logotibi muzrob_uz — Muzrob Baratov | IT Blog M
Telegram kanalining logotibi muzrob_uz — Muzrob Baratov | IT Blog
Kanal manzili: @muzrob_uz
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 19
Kanalning ta’rifi

💡Dasturlash hamda zamonaviy kasblarga aloqador yangilik va ma'lumotlar ushbu kanalga yuklanadi.
📖 Shuningdek, muallifning shaxsiy fikr va mulohazalari hamda yutuqlari joylanadi.
Aloqa: @muzrob_admin_chat_bot

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-10-01 10:58:46 Ustozning qadr-qimmatini bilgan kishiga ustoz haqida ortiqcha gapirish shart emas, bilmaganlarga rahmim keladi.

Barcha Ustozlarni bugungi bayram bilan muborakbod etaman. Doim sogʻ boʻlsinlar !
206 views07:58
Ochish/sharhlash
2021-09-25 12:48:11
Men o'zim ishlatayotgan texnologiyalar haqida hamma narsani bilishim shart

Savol: "Men 2 yildan beri Python tilidan foydalanib dasturchilik qilib kelaman. Lekin ko'p marta ishlatishimga qaramay, ba'zi narsalarni esimdan chiqarib qo'yaman. Har safar google qilishga to'g'ri keladi. Gap mendami yoki bu normal holatmi?"

Javob: "Tovba, 2 yil umriz bekor ketibdiku. Nima siz https://uzbekcoders.uz/ sertifikatlarini olmaganmidingiz? Haydash kerak sizni ishdan."

Hazil albatta.

Bu mutlaqo normal holat. Hammada bo'ladi. Sizda ham, menda ham, Guido van Rossumda ham. Guidoda sal ko'proq bo'lsa kerak.

Dasturchi sifatida bizning asosiy ishimiz qayerdan yechim topa olishni bilish. Yechimni eslab qolish emas.

@jakhonrakhmon
183 views09:48
Ochish/sharhlash
2021-09-20 20:00:46
Vaqtdagi baraka - hissiyotlar bilan o’lchanadi, soat daqiqalarida emas!

@muzrob_uz
154 views17:00
Ochish/sharhlash
2021-09-17 14:32:42
Bilmaydi deb o'ylamang, yutqizasiz...

Yaqinda bir do'stim bilan bir loyiha ustida mobil dasturchi sifatida ish olib borayotgandik.

Bu loyihada back-end dasturchilar hali junior shekilli, loyihani muddatgacha yetkaza olishmadi. Shunday bo'lsa-da, loyihani strukturasiga qarashib, kamchiliklarini aytib ishni biroz tezlashtirdim.

Bunga qadar ular meni faqat mobil dasturchi deb o'ylab, back-endda hammasi zo'r ekanligiga ishontirmoqchi bo'lishdi. Meni Back-enddan mobilga o'tganimdan bexabar holda tutgan bu yo'llari bilan uyalib qolishdi.

Bu holatdan bir nechta xulosalarim bor:

- Agar junior bo'lsangiz, bundan uyalmang, loyihada o'zingizni ko'p narsa biladigandek qilib emas, balki haqiqatda biladiganingizni barchasini ko'rsata oling, mentorlar sizga yordam berib, tajribangizni oshirishadi.

- Dasturchi bitta yo'nalishda chegaralanmagan bo'lishi mumkin. Shu sababli, aldashga urinmang.

Bobobek Turdiyev

@muzrob_uz
162 views11:32
Ochish/sharhlash
2021-09-07 22:45:13 ​​...Menda na avtomobil, na shaxsiy samolyot va na uyim bor. Mening dunyom - bu piyoda, metroda yurish, 18-20 kvadrat metrdan iborat ijara uydan iborat. Mening o‘rnimda bo‘lishni xohlaydiganlar butunlay alkogoldan, go‘sht va qimmat kiyimlardan voz kechishiga to‘g‘ri keladi.

Hali kambag‘al talaba bo‘lib oliygoh yotoqxonasida turganimdan beri takrorlayman, pul bu juda katta baho berilgan material dunyo elementi xolos. Hammasi ichki holatga bog‘liq va u har narsadan ustun. Milliardlab pullari bor korrupsionerlarga qarang, ularda ichki xotirjamlik yo‘q, topgan pullarini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun barcha narsadan hatto hayotidan voz kechadi.

Pulni asosiy element deb hisoblashni boshlagan zahoti siz ichki xotirjamlik va hayotni qimorga tikasiz va qimorda yutqizib qo‘ymaslik uchun yana va yana hayot degan xazinadan qarz olaverasiz. Bir kun hayot sizga qarz berishdan charchaydi va siz hammasini yutqizasiz. Qimor stoli atrofiga boshqalar keladi.

Kapitalistik jannat deb nomlangan dunyo sizga qanchalik ko‘p narsang bo‘lsa, shunchalik baxtli bo‘lasan degan g‘oyani sotadi.

Qadimdan shunday gap bor: “Qul hech qachon ozod bo‘lishni xohlamaydi, u o‘z shaxsiy qullari bo‘lishini xohlaydi”. Inson “qul va xo‘jayin” paradigmasida qolar ekan, hech qachon baxtli bo‘la olmaydi. Bu sistemada “har qanday odam kimningdir quli, har qanday qul esa kimningdir xo‘jayini” hisoblanadi.

Pulning quli bo‘lar ekansiz, hech qachon o‘z hayotingizning xo‘jayini bo‘la olmaysiz. Qimor stolida esa navbat kutib turganlar kun sayin ortib bormoqda. »

Hozirda Pavel Durovning boyligi 3,4 mlrd dollar. Uning birorta ham o‘z uyi yo‘q. Avtomobili ham yo‘q. Samolyoti ham yo‘q. Asosiy transport vositasi metro. Asosiy mashg‘uloti kitob o‘qish. Go‘sht umuman yemaydi. Asosan arzon va qulay kiyim do‘konlaridan kiyinadi.

Manba: Facebookdagi "Maslahat.uz" sahifasi
163 views19:45
Ochish/sharhlash
2021-09-05 13:25:21
Maktabdan Googlegacha.

Bu maqolada hozirda Googleda Software Engineer bo'lib ishlab kelayotgan Nodir Nazarov o'zining Googleda dasturchi bo'lgangunga qadar bosib o'tgan yo'lini so'zlab beradi.

Maqolani o'qish: https://mohirdev.uz/maktabdan-googlegacha/

@muzrob_uz
147 views10:25
Ochish/sharhlash
2021-09-01 21:44:30
FIKRLAR

Niyatni kattaroq qiling, qolgan hammasini, barakasini ham, obro'ni ham Alloh beradi.

Husan Mamasaidov

Siz nima deb o'ylaysiz?

@muzrob_uz
163 views18:44
Ochish/sharhlash
2021-09-01 04:34:57
Mustaqillik muborak!
148 views01:34
Ochish/sharhlash
2021-08-31 10:45:10 Googleni to'g'ri ishlatish haqida

Dasturchilar uchun Google eng kerakli instrumentlarning ichida TOPda turadi. Lekin ko'pchilik undan notog'ri foydalanadi yoki uning kuchini 100% ishlata olmaydi.

Bu post orqali buni to'g'irlashga urinib ko'raman.

1. Qo'shtirnoq ("") belgisi sizning qidiruv so'rovingiz shunday ko'rinishda aniq ichida bo'lgan natijalarni beradi. Masalan, "Jakhongir Rakhmonov" deb qidirsangiz, qaytarilgan natijalarning hammasida "Jakhongir Rakhmonov" degan so'z bo'ladi. Alohida "Jakhongir" yoki alohida "Rakhmonov" yoki bularning o'rtasida boshqa so'zlar bor (masalan "Jakhongir Alisher o'g'li Rakhmonov") degan natijalar chiqmaydi.

2. Minus (-) belgisi sizga shu belgidan keyingi so'z yo'q bo'lgan qidiruv natijalarini topishga imkon beradi. Masalan siz Obama bo'lmagan Baracklar haqida malumot topmoqchi bo'lsangiz "Barack -Obama" deb yozishingiz mumkin. Shundan natijalarda Barack so'zi bo'lgan lekin Obama so'zi bo'lmagan natijalar qaytadi.

3. Tilda (~) belgisi sizga sinonimlarni qidirshga yordam beradi. Masalan siz Googlega python ~lessons deb yozsangiz natijalarda lessonsdan tashqari yana courses, tutorials, coachinga o'xshagan natijalar ham bo'lishi mumkin.

4. Vertikal chiziq (|) belgisi "yoki" vazifasini bajaradi. Yani siz Python | Java deb Googleda qidirsangiz, sizga yo Python yoki Java so'zlari bo'lgan natijalar qaytariladi.

5. Ikki nuqta (..) belgisi sizga ikki raqam orasida qidirishga imkoniyat beradi. Masalan siz Python books 1990..2020 deb qidirsangiz, sizga shu yillar orasida yozilgan Python kitoblarni qaytarishga harakat qiladi. Yani bundan kitoblarga 2010chi yilda, 1995chi yilda yoki 2013chi yildan yozilgan kitoblar ham kiradi.

6. Site so'zi sizga qidiruv so'rovingizni aynan bitta websaytdan qidirishga yordam beradi. Masalan siz dictionaries site:realpython.com deb Googleda yozsangiz, faqat realpython.com saytidagi to'g'ri kelgan natijalar qaytadi.

7. Location so'zi huddi site so'zi kabi qaysidir manzildan qidirshga imkoniyat beradi. Masalan hurricane location:malaysia deb qidirsangiz, sizga Malayziyada bo'lgan bo'ronlar haqidagi yangiliklar qaytariladi.

8. Filetype so'zi faqat berilgan fayl turkumlarini qidiradi. Masalan learning python filetype:pdf deb qidirsangiz, PDF formatidagi natijalarni qaytaradi. Kitob qidirshda qulay ancha

Bonus

Google bazida qiziq qiziq (lekin juda keraksiz) bo'lgan funksiyalar (Easter Egg deyiladi) qo'shib qo'yadi saytga. Masalan:

1. Do a barrel roll deb qidirsangiz ekraningiz...aytmayman. Yaxshizi o'zingiz sinab ko'ring
2. Askew deb yozib ko'ring
3. Recursion deb yozib ko'ring. Buni faqat dasturchilar tushinadi
4. Anagram deb yozib ko'ring
5. Ross Friends yoki Joe Friends yoki Monika Friends deb yozsangiz Friends serialadi qidirilayotgan qahramonga tegishli bo'lgan rasm chiqadi. Rossda masalan divan rasmi chiqadi. "Pivot! Pivot! Pivot!" Esingizdami?
6. Pacman deb yozsangiz shu o'yinni o'ynasa bo'ladi.

Yana bunday "easter egg"lar ko'p. Bazilari aktualligi qolmagandan so'ng o'chirilib tashlanadi.

@jakhonrakhmon
119 views07:45
Ochish/sharhlash
2021-08-30 15:12:55
— Sizdayam shunaqa bo'lib turadimi?

@muzrob_uz
93 views12:12
Ochish/sharhlash