Get Mystery Box with random crypto!

Hech qachon taslim bo'lmang Hech qachon taslim bo'lmang... | Muzrob Baratov | IT Blog

Hech qachon taslim bo'lmang

Hech qachon taslim bo'lmang...
Ba'zida hayotimizda shunday kunlar, vaqtlar keladiki, barcha narsadan sovugandek, barchasi yoqmayotgandek tuyuladi, bu tabiiy hol. Ayniqsa men tengi yoshlar orasida bunday holatlarga tushish ko'proq kuzatilsa ajablanarli joyi bo'lmasa kerak. Sababi ba'zan kechalari uyqu oldi beixtiyor maqsad va orzular haqida va ularni reallikka aylantirish uchun nimalar qilayotganingiz haqida o'ylab qolasiz. To'g'rimi?
Albatta ha, sababi yon atrofingizdagi va o'zingiz tanigan, bilgan do'stlaringiz yoki insonlaringiz hozir o'z hayot yo'lini topgan, muqim ishiga ega va ma'lum miqdorda daromad ham qilmoqda. Shunday pallada sizni qiynaydigan, go'yoki yechimi mavhumdek bo'lgan chigal savollar qurshab oladi. Nega men haligacha bunday muvaffaqiyatga erishganim yo'q, nimanidir xato qilyapmanmi? Yoki shu kabi savollar...

Endi bir zum yaxshilab o'ylang, Alloh barchaga birdek vaqtda birdek qiymatda muvaffaqiyat bermaydi, har kimning o'z vaqti, o'z hayot yo'li, harakatlari orqali ma'lum bir vaqtda erishadigan muvaffaqiyatlari bor, faqatgina biz buni sabr va to'xtovsiz harakatlarimiz bilan kutishimiz lozim.

Aytishadiku "Ko'za kunidamas kunida sinadi" deb, men ham "muvaffaqiyatni kunida emas kunida keladi" deb o'ylayman. Sababi Allohim barchaga o'z vaqti bilan muvaffaqiyat, mol-u davlat beradi, faqatgina Allohimga shukur qilib davomiy ijobiy o'sish bilan ushlab qola olsak bo'lgani.

Shunday ekan, do'stlar hech qachon o'z maqsadlaringiz sari harakatdan va o'z vaqtingizni kutishdan to'xtamang. Ishonavering hali hammasi oldinda

P.S: Siz qanday fikrdasiz, fikringizni izohlarda kutaman :)

@muzrob_uz