Get Mystery Box with random crypto!

'Facebook' nomini o'zgartirdi 'Facebook' kompaniyasi nomini o | Muzrob Baratov | IT Blog

"Facebook" nomini o'zgartirdi

"Facebook" kompaniyasi nomini o'zgartirdi. Bugundan boshlab endi u "Facebook" emas, balki "Meta". Nomning o'zgarishiga asosiy sabab - kompaniya bir qator bir-biriga bog'liq virtual voqelik mahsulotlari ustida ishlamoqda, deb tushuntirdi kompaniya rahbari Mark Zukerberg.

"Bizning tizim kelasi 10 yil ichida mobil internet o'rnini egallaydi", - deya da'vo qildi u.

Aytmoqchiki, 10 yildan keyin telefoningizda internet bilan bog'liq nima ish qilsangiz, deyarli hammasi "Meta" dunyosi bilan bog'liq bo'ladi.

"Meta"ning asosiy xizmati - "Facebook" o'z nomini saqlab qoladi. Demak, amalda nomning o'zgarishi sizning "Facebook"dagi faoliyatingizga hech qanday ta'sir o'tkazmaydi.

@bmamadiev