Get Mystery Box with random crypto!

Endi navbat meniki. Yil sarhisobini qilamiz. Umumiy qilib aytg | Muzaffar Murodovich

Endi navbat meniki. Yil sarhisobini qilamiz.
Umumiy qilib aytganda, boshqa yillardan koʻra ancha farqli, qiziqarli boʻldi. Har yilgidan ancha koʻp kitob oʻqidim (yil yarmigacha), moliyaviy qiynaldim va doʻstlar&tanishlar orttirdim.

2022-yildan oldin ham burgerda ishlardim. Yil boshi ham shunday boshlandi. Bir oycha parallel ravishda kunduzi burgerda, kechasi english-life.uz saytida administrator boʻlib ishladim.

Iyun oxirida Wikipediaga hissa qoʻshishni boshladim va shundan keyin koʻp narsa oʻzgardi.

Yoz boʻyi cheburek, pirashki ham sotdim

Avgustda oromgohga bordim. Oyogʻimni sindirib oldim. Bir oydan keyin gipsni yechdim. Shunday boʻlsa-da, 2 haftacha qoʻltiqtayoq bilan yurdim (orada katta risk bilan WikiAnjumanga bordim).

Yana 2 haftadan soʻng toʻliq tiklanmaganim uchun oyogʻimni kangda cast (gipsga oʻxshash) bilan 1 oy muddatga oʻrab qoʻyishdi. Orada yana Toshkentga, bu safar WikiQuizʼga borib keldim xD

Muddatidan 1 haftacha oldin olib tashladim va 1 kundan keyin WikiOromgoh II ga ketdim
Bu voqeadan keyin 3 ta TVga va loyiha SMMchilariga intervyu berdim. Hayotimdagi eng esda qolarli va goʻzal kunlar shu 6 kun ichida boʻldi (batafsil).

Dekabrda Wikipadiada 11-12 soat shugʻullandim va natijada
bunday voqealar bilan yil oxiriga kelib qoldim.

Menda shunaqa gaplar :)