Get Mystery Box with random crypto!

Kichikroq voqea aytib bermoqchiman Bir kuni „Osmondagi bolala | Muzaffar Murodovich

Kichikroq voqea aytib bermoqchiman

Bir kuni „Osmondagi bolalar“ va Najot Taʼlim asoschisi Temurbek Adhamov kattaroq maqolani repost qilganini koʻrdim qoldim. Qisqasi Guliston shahar xalq taʼlimi boʻlimi rasmiy kanalida oʻzlarining roʻmol (hijob) ga boʻlgan munosabati va „islomiy“ qarashlarini yozgandi.

Oz fursatda keng muhokamalarga sabab boʻlganidan keyin Guliston SHXTB postni oʻchirdi, kanal manzili oʻzgartirildi yoki yopildi.
Oldingi username'si bilan yangi kanal ochdim.

Hamiyatim qoʻzib, ichimdagi „shirin“ gaplarni yozdim. Qisqa soatlar ichida koʻrishlar soni koʻpayib ketdi. Jahlim biroz tushganigan soʻng, juda ham hissiyotlarga berilib yozganim bilindi.

Kanalni tag-tubi bilan oʻchirib, qayta ochib, profilim linkini qoldirgandim. Kecha tasodifan qarasam obunachilar yuzdan oshiq, koʻrishlar soni mingdan koʻp :/

@guliston_shxtb kanalida oʻsha mavzuni qayta ochib, shu bilan toʻxtatamiz :)