Get Mystery Box with random crypto!

TAVHID ILMI NIMA UChUN KERAK? Hozirgi kunda koʻpchilik din ol | Muzakkir222

TAVHID ILMI NIMA UChUN KERAK?

Hozirgi kunda koʻpchilik din oldida aylanib yuribdi, hali ham namozdagi sunnatlar, tahorat, ota-onaga yaxshilik qilish, odob-ahloq va hokazolar.

Dinning asosi boʻlmish Tavhid haqida gapirilmaydi.

Aynan shu bilan amallar maqbul boʻladi, aynan shu bilan inson yo Jannatga, yo Jahannamga kiradi.

Hatto Rosululloh ﷺ Makkada 10 yil Tavhidga chaqirdilar, namozga emas, odob-ahloqqa emas, roʻza yoki hajga emas.

Bu nima degani?

Asos-Tavhid

U siz Islom ham yoʻq, barcha paygʻambarlar aynan shu uchun yuborilgan, aynan shunga chaqrishgan.

Biz Tavhidga havodanda koʻra koʻproq muhtojmiz.

Qalbida zarracha boʻlsa ham Tavhid boʻlsa, odam Jahannamdan chiqadi biʼiznillah. Biroq bir odam boʻlsinki, butun umri ibodatda oʻtsin, u obid boʻlsin, lekin qalbida zarracha shirk bormi, unga jannat haromdir.

Alloh taolo barcha gunohlarni magʻfirat qiladi, illo shirkni emas.

Tavhid, Tavhid, va yana Tavhid.

Tavhidni oʻrganishga shoshiling!

@muzakkir222