Get Mystery Box with random crypto!

Tavsiya! Telegramdagi guruh yoki kanallarda kelayotgan xabarl | Muzaffar's terminal

Tavsiya!

Telegramdagi guruh yoki kanallarda kelayotgan xabarlar sizni chalg'itib, vaqtingizni olayotgan bo'lsa, Ramazon oyi uchun shu guruh yoki kanallarni tark etib turing. Guruh yoki kanal uchun qo'shilish linklarini "saved messages" ga #after_Ramadan yoki o'zingizga qulay esda qolarli biror hashtag bilan yozib qo'ying. Ramazondan keyin yana qo'shilib olaverasiz. Shu yo'l bilan oz bo'lsa ham chalg'ishlarni oldini olgan bo'lasiz.

Agar meni kanalim ham sizni chalg'itayotgan bo'lsa, bundan ham chiqib keting. Ramazonni zikr, ibodat, Qur'on tilovati bilan o'tkazishlikda belimizni maxkam bog'laylik. Allohga yaqinlashishni kechiktiruvchi har qanday sabablardan vos keching.