Get Mystery Box with random crypto!

Ayolingiz haqidagi siz bilmagan ta fakt Ayolingiz mukamma | ᴍᴜxᴛᴀsᴀʀ ɴᴀᴢᴀʀᴏᴠᴀ (Ayollar Psixologi)

Ayolingiz haqidagi siz bilmagan ta fakt

Ayolingiz mukammal emas, kechirimli bo‘ling.

Ayolingiz suyagingizdan yaratilingan. Uni sindirib qo‘ymang.

Ayolingiz sizga berilgan ne’matdir. Uni qadrlang.

Ayolingiz noyob marvariddir. Dayuslik qilmang, uni rashk qiling.

Halolingiz sizning eng yaqin do‘stingizdir. U bilan do‘stona munosabatda bo‘ling.

U sizning quvonchingizdir. Uni ranjitmang.

Ayolingiz - qadri baland boyligingiz. U bilan go‘zal munosabatda bo‘ling.

Ayolingiz sizning rizqingizdir. Uni qadrlang.

Ayolingiz shayton emas. Uni tark qilmang.

Ayolingiz bilan faqatgina yaqinlik paytida emas, balki hayotning har jabhasida yonma-yon bo‘ling. U faqat jinsiy aloqa uchun oldingizda turmaydi.

U sizning dushmaningiz emas. Unga dalda bo‘ling.

Ayolingiz maishiy matoh emas. Oila a’zolaringizning qo‘liga topshirib qo‘ymang.

Juftingiz raqibingiz emas. U bilan raqobatlashmang.

Juftingiz ayol kishi. Uni hurmat qiling.

Ayolingiz eksklyuzivdir. Uni hamma bilan solishtiravermang.

Ayolingizni erkalashlarga muhtojligi bor. Uni zo‘rlamang.

Ayolingiz sizga sodiq. Undan shubhalanmang.

U ahmoq emas. Unga quloq tuting, maslahatlashing.

Ayolingizning yordamingizga ehtiyoji bor. Unga yordam bering, ko‘maklashing.



Va eng muhimi...
Ayolingiz omonatdir va oxiratda Alloh taolo huzurida u haqida so‘ralasiz. U bilan shu hisob haqida unutmagan holda muomala qiling.

https://t.me/muxtasar_nazarova_official