Get Mystery Box with random crypto!

Keling, BUGUNNI sarhisob qilib ko'ramiz. Normal odamlardek qil | Muxtasar_nazarova_darslari

Keling, BUGUNNI sarhisob qilib ko'ramiz. Normal odamlardek qilgan ishlarimiz bilan emas ALBATTA!
Saaal boshqacharoq usulda, bugun kuni bo'yi his qila bilgan HISLARIMIZni tekshiramiz;

Negativlardan;

Bugun kimdan xafa bo'ldingiz?
Kimdan nafratlandingiz?
Kimni kechirmaslikka qaror qildingiz?
Kimga qasdlandingiz?
Kimga hasaddasiz?
Kimdan g'azabdasiz?
Nimalardan qo'rqdingiz?
Kimlarni ayblayapsiz?
Kimlarni kamsitibsiz?

Pozitivlardan;

Kimdan sevindingiz?
Nimalardan quvondingiz?
Kimga havas qildingiz?
Kimni xursand qila oldingiz va bundan lazzatlandingiz?
Kimga hadya berdingiz?
Oilangizga qaysi hissiyot bilan yuzlandingiz?
Hayotingizda kimning borligidan sevindingiz?
Qaysi xatolarga rozi bo'ldingiz?
Nimalarga SHUKUR qildingiz?

Qalbingizda his qilgan 1ta yaxshi xissingiz uchun 10 ta savob,
Yomon hissingiz uchun esa 1 ta gunoh ajratilsa ne ajab

BUGUN QANDAY YASHADINGIZ?
Orom bersin…

JUMA MUBORAK!
Muxtasar Nazarova
https://t.me/Muxtasar_Nazarova_darslari