Get Mystery Box with random crypto!

Siz faqat baxt uchun yaratilgansiz! Nurlar sochib tursin ezg | AYOLLAR PSIXOLOGIYASI

Siz faqat baxt uchun yaratilgansiz!

Nurlar sochib tursin ezgu qalbingiz,
Aslo dard chekmasin yuraklaringiz,
Sizga baxt tilayman, yetmasin g‘amlar,
Men jonimdan suygan yaxshi odamlar!


Hayot qisqa, qo‘ying kuyinmay yashang,
Hasratlarga kulib, qasd qilib yashang,
Kimningdir qalbida baxt bo‘lib yashang,
Sizga baxt tilayman, yetmasin g‘amlar,
Men jonimdan suygan yaxshi odamlar!


Yig‘lamang, alamlar tugasin, yonsin,
Mehr berib yashang, qahrlar yonsin,
Dunyo dunyo bo‘lib hayratda qolsin,
Sizga baxt tilayman, yetmasin g‘amlar,
Men jonimdan suygan yaxshi odamlar!


Quvonchlarni quching, yayrasin dillar,
Yuzlaringiz kulsin, shodlansin yillar,
Sevilib yashasin barcha ko‘ngillar,
Sizga baxt tilayman, yetmasin g‘amlar,
Men jonimdan suygan yaxshi odamlar!


Sizni Alloh suysin, asrasin doim,
Halovat soyangiz bo‘lsin ilohim,
Siz borim, siz jonim, hayotim manim,
Sizga baxt tilayman, yetmasin g‘amlar,
Men jonimdan suygan yaxshi odamlar!


●Telegram  ●Instagram