Get Mystery Box with random crypto!

#Farzand_tarbiyasi O'g'il bolani tarbiyalash osonmas, deyish | AYOLLAR PSIXOLOGIYASI

#Farzand_tarbiyasi

O'g'il bolani tarbiyalash osonmas, deyishadi bilganlar. Bundan qiz bola tarbiyalash oson ekan-da, degan xulosa kelib chiqmasligi lozim. Shunchaki, o'g'il bolalar tarbiyasining ayrim o'ziga xos jihatlari bor.

Demak, o'g'il o'stirayotgan onalar qo'yidagilarga e'tibor berishlari kerak.


1. Hislari haqida gapirishga o'rgating

Hammaga emas, faqat bir kishiga aytsin. Shu inson siz bo'ling. Shundagina u odamlarga ishonadi, o'z tuyg'ularini chuqurroq anglaydi va yurak xastaliklaridan uzoqroq yuradi.

2. Nimaiki yangi ish boshlamasin, qo'llab turing

O'g'il bolaning eng katta boyligi va yutug'i – o'ziga ishonch tuyg'usi. Hozircha u o'ziga ishonchni siz orqali oladi, qilayotgan ishlariga onasining nazari bilan baho beradi.

3.Mehnatga o'rgating

Hozir ularda g'ayrat ko'p, bekor o'tirgandan bekor ish qilsin. Mayli, uyda ish topilmasa qo'shnisiga qarashsin.

4. Birgalikda kitob o'qing

Bu kitobni o'qigansiz, endi o'g'lingiz o'qib chiqishini istayapsiz. Ammo siz istaganingiz uchungina o'qimaydi u. Kitobga qiziqishi kerak. Birga o'qiymiz, desangiz albatta qiziqadi.

5. Qiziqishlarini bo'g'mang

Mayli, u “ketka”lar yig'ib, butun uyga sochib tashlasin yoki to'p o'rniga “baklajka” tepib, quloqni qomatga keltirsin. Kim biladi, siz bo'lajak ustomon broker yoki mashhur futbol yulduzini tarbiyalayotgandirsiz?!

6.Erkaklardan kimgadir taqlid qilishiga qo'yib bering

Otasi, Messi yoki Betmen – farqi yo'q. Alpomishga taqlid qildirolsangiz qani edi… Bu zotlar o'g'lingiz oldiga qo'ygan marradir.

7. Ayollarni hurmat qilishga o'rgating

Singlisini turtish, bog'chasidagi qizlarning sochidan tortish – bularning bari mumkin emasligini avval tushuntirish, bu ish bermasa, jazolash orqali bolaning ongiga singdirilishi kerak.

8.O'zingiz hurmatga loyiq ayol bo'ling

Bolani qarg'ash, unga baqirish, birovlarni yomonlash, nomaqbul so'zlarni aytish, aldash… Xullas, bularning baridan tiyilishga harakat qiling. Unutmang, siz uning uchun dunyodagi eng mehribon va chiroyli ayolsiz. Shu martabadan o'zingizni o'zingiz tushirib qo'ymang.

9. Odob-ahloq qoidalarini o'rgating

Dasturxonga kattalardan avval qo'l uzatmaslik, o'zidan kattalarga joy berish, qoshiqni to'g'ri ushlash – bu mayda-chuydalarni bee'tibor qoldirmasangiz kelajakda xalqdan duo olib keladigan o'g'ilning onasiga aylanasiz.

Kanallarimiz
Yaqinlaringizga ham ulashing!

1. @Intim_xayot
2. @Sarvqomat_sanamlar
3. @Mening_sevimli_kitoblarim
4. https://t.me/+r8fvmkl3CSAxZjdi
5. https://instagram.com/qirolichalar.maktabi?igshid=ZDdkNTZiNTM=