Get Mystery Box with random crypto!

Xafagarchilik-sevilishni xohlash istagi “Meni hech kim sevmay | AYOLLAR PSIXOLOGIYASI

Xafagarchilik-sevilishni xohlash istagi
“Meni hech kim sevmaydi” deb fikrlashlik, meni hamma sevishi kerak, men ularga sevgi beryapmanmi, evaziga sevgi olishim kerak degan tuyg’u. Bu orqali biz ichimizdagi yashirin tuyg’ularni namoyon etamiz “Men bilan bunday qilishga haqingiz yo’q, meni sevmaslikka, qadrlamaslikka, mehr bermaslikka haqingiz yo’q ”
Xafagarchilikda ojizlik hissi yashiringan. Xuddi yosh bolalardek qachonlardir u sevgan insonlar qo’lidan tutib, bag’riga bosishini kutgan-u, evaziga umuman boshqa javob olgan. U judayam og’riqli his
Xafagarchilikda, manipulatsiya yashiringan. Xuddi bolalardek kutuvlar bor”Men yeg’layman va ular meni bag’rilariga bosishadi. Agar eshitishmasa, yanada balandroq ovozda yeg’layman, yanada baland, baland…Shunda ham eshitilmasam ularni tark etaman va bir kun kelib ular meni xafa qilgani uchun afsuslanishadi
Xafagarchilikda qorquv yashiringan. Chunki ba’zida haqiqatga tik boqishdan ko’ra xafa bo’lish osonroq. Ayb bizdami yo’qmi, buni tan olish qiyin. Ba’zida o’zimizni “qahramondek” qilib ko’rsatamizu, aslida “jabridiydalikdan” boshqa hech nima qilmagan bo’lamiz
Xafagarchilikda pushaymonlik bor. “Men sen birinchi qadam bosishingni kutgandim…Men sen qo’ng’iroq qilishingni, o’zing yonimga kelishingni kutgandim…Lekin kutganimdek bo’lmadi, natijasi esa meni yanada qattiqroq xafa qildi
Xafagarchilik tabiiy holat, menda ham sizda ham, qo’shnimiz Boqivoyda ham uchraydi. Bu tuyg’ular sizda ham, juftingizda ham va xatto farzandingizda ham bo’ladi. U naqadar og’riqli. Bolaligimizdan ko’p his qilib, ichimizga yutganmiz. Lekin biz endi bola emasmiz. O’zimizdagi og’riqni ko’ra olamiz, uni his qila olamiz, uni yenga olamiz va boshqalarga ayta olamiz. Endi bizni bemalol bu og’riqlarimizni kimdur bilan bo’lishishga haqimiz bor. Aynan osha og’riq bergan inson bilan. “Bilasizmi, bu menga qancha og’riqli… ”deb hammasini ayting, hozir nima his qilyapsiz, nima qiynayapti, qanday yechim uchun taklif bera olasiz, ochiqchasiga gaplashish vaqti keldi

https://t.me/+r8fvmkl3CSAxZjdi