Get Mystery Box with random crypto!

Xayrli kun!!! Xayotda bo‘layotgan har bir voqeani sevish ker | AYOLLAR PSIXOLOGIYASI

Xayrli kun!!!

Xayotda bo‘layotgan har bir voqeani sevish kerak. Ega bo‘lgan hammasini sevish kerak.
«Agar unday bo‘lmasa bunday bo‘lmasdi», «Unday bo‘lsa yaxshi bo‘lardi», «Bunaqa qilish kerak edi» degan gaplarda nodonlik bor.
Siz yaxshi deb bilgan holat faqatgina xayol, reallik emas.

Reallik qanday bo‘lmasin u yaxshilikka. Siz uni qabul qiling, seving, quvoning va undan rohatlaning. Nimanidir yo‘qotdingizmi, rozi bo‘ling. Hammasi o‘zgaradi... xayot davom etadi, o‘zgaradi. Hech kim avvalgi xolidek qolmaydi.

Ba’zan keng yo‘llar duch kelsa, ba’zida yurishga yo‘l qolmaydi. Unisi ham bunisi ham yaxshi. Unisi ham bunisi ham xayot bergan tuhfadir. Hammasidan minnatdor bo‘lib shukr qilish oqil, baxtli insonni yo‘li.

Bo‘lib o‘tayotgan jamiki ishlardan bahra oling. Ularning hammasi hozir sodir bo‘lmoqda. Ertaga bir narsa o‘zgarib boshqacha bo‘lishi mumkin, unda ham o‘sha o‘zgarishdan bahra oling. Indinga yana boshqa ish bo‘lishi mumkin. Undan ham rohatlaning. Uni o‘tmish bilan taqqoslab, kelajakdagi bo‘ladigan foydasiz fantaziyalar bilan boshingizni band qilmang. Ayni dam bilan yashang.

Ba’zan issiq, ba’zan qahraton sovuq bo‘ladi. Issiq ham sovuq ham kerak. Bo‘lmasa xayotning qizig‘i qolmaydi.


Telegram kanallarimizga a‘zo bo‘ling!
Yaqinlaringizga ham ulashing!

• @Intim_xayot
• @Sarvqomat_sanamlar
• @Mening_sevimli_kitoblarim
• https://t.me/+r8fvmkl3CSAxZjdi