Get Mystery Box with random crypto!

Ayollar bor eri yonida bo‘lsa ham ko‘nglini ola olmaydi. Ularn | AYOLLAR PSIXOLOGIYASI

Ayollar bor eri yonida bo‘lsa ham ko‘nglini ola olmaydi. Ularning ba'zi oddiy xatolari:
– eri uchun yasanmaydi;
– unga har xil holatda go‘zal ko‘rinishni o‘ylamaydi. Hatto yotoqda ham yechinishga erinadi.
– eri bilan gaplashgani gap topa olmaydi.

Yana shunday ayollar borki, eri olisda, lekin qalblari juda yaqin. Ularning yutuqlari nimada?
– eri bilan telefon yoki internetdan uzulishsiz xabarlashib turadi, gapirgani gap o‘ylab o‘tirmaydi, o‘zi keladi, gapi tugamaydi.
– eri uchun yasanib yo videodan ko‘rishadi, yoki rasm yuborib uning ko‘zini quvnatadi.
– eri nomahramlardan tiyilishi uchun haloli bilan ko‘zi to‘ysin deydi.

Birinchi toifa ayollar erlaridan uzoqlashib ketadi, orada muhabbat yo‘qolib boradi. Eri yonida bo‘lsa ham qalban uzoq bo‘ladi. Bu narsa boshqa bilan bog‘lanishga olib keladi. Chunki qalb bo‘sh turmaydi, unda siz bo‘lmasangiz, boshqasi bo‘ladi. Qalbida bo‘lganning yonida bo‘lishga intiladi.

Ikkinchi toifa ayollar safar yo boshqa shunga o‘xshash sabab bilan juftidan vaqtincha olisda bo‘lishi mumkin, lekin imkon bo‘lgan zahoti jufti uning yoniga oshiqadi. U uning uchun halovat maskani bo‘ladi. Er doim unga talpinadi.