Get Mystery Box with random crypto!

#Mulohaza Tuhmatdan tiyilish uchun va umuman hayot faoliyatin | AYOLLAR PSIXOLOGIYASI

#Mulohaza

Tuhmatdan tiyilish uchun va umuman hayot faoliyatingizda foydali bo'ladigan - Suqrotning "3 ta elak" qoidasiga amal qiling

Bir odam Suqrotning oldiga kelib:

- Bilasizmi, do'stingiz Siz haqingizda nimalar deb yuribdi?

- To'xtang, - deb uni gapini
bo'ldi Suqrot. - Avvalo, hozir menga aytmoqchi bo'lgan gapingizni 3 ta elakdan o'tkazing.

- 3 ta elakdan? - hayron bo'ldi gap yetkazmoqchi bo'lgan odam.

- Ha, har doim bir nima gapirishdan oldin, uni 3 ta elakdan o'tkazish lozim. Birinchidan, haqiqat elagidan. Hozir menga aytmoqchi bo'lgan gapingiz haqiqatligiga ishonchingiz komilmi?

- Yo'q, men buni eshitdim xolos.

- YAxshi. Demak, buni haqiqat yoki yolg'onligini bilmaysiz. Unda ikkinchi - yaxshilik elagidan o'tkazamiz. Meni do'stim haqida qandaydir yaxshi gap aytmoqchimisiz?

- Yo'q! Teskarisini aytmoqchiman!

- Demak, - deb davom etibdi Suqrot, - Siz do'stim haqida yomon gap aytmoqchisizu, lekin bu haqiqatligini bilmaysiz. Unda uchinchi - foyda elagidan o'tkazib ko'ramiz. Eshitgan narsangizni menga aytishga ehtiyojingiz kattami?

-Yo'q, bunga ehtiyoj yo'q.

- Xulosa qilib aytganda, menga aytmoqchi bo'lgan gapingizda na yaxshilik, na biror foyda, na bunga ehtiyoj bo'lmasa, nima keragi bor bu haqda so'z ochishni?

https://t.me/+r8fvmkl3CSAxZjdi