Get Mystery Box with random crypto!

'Yong'oq-shokoladli kurabye' Masalliqlar: -150 gr saryog' - | Cookbook_Muxlisa

"Yong'oq-shokoladli kurabye"

Masalliqlar:
-150 gr saryog'
-350 gr un+/-
-1 osh qoshiq kukuruzniy kraxmal
-1 choy qoshiq razrixlitel
-1 choy qoshiq vanilin
-yarim choy qoshiq tuz
-100 gr qand upasi
-2 ta tuxum sarig'i


-shokolad
-2 ta tuxum oqi
-yong'oq

Tayyorlanishi:
Unga saryog' solib kroshka qilamiz.Kraxmal,razrixlitel,vanilin,tuz solamiz.Qand upasi va tuxum sarig'ini solib yumshoqqina xamir qilamiz.Tayyor xamirni 40 gr dan zuvalachalarga ajratib chiqamiz.Ichiga shokolad solib,koptok holatiga keltiramiz.Tuxum oqiga koptokchalarni botirib olib,yong'oqqa belab olamiz.160 gr da qizigan duxovkada 30-35 minut davomida pishirib olamiz.Og'izda eriydigan kurabye bo'ladi Albatta tayyorlab ko'ring