Get Mystery Box with random crypto!

#Munosabat Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligin | Muxbir Daliev

#Munosabat

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi faoliyati xususida Muxbir Daliyev telegram kanaliga yoʻllangan murojaat boʻyicha quyidagilarni bildiramiz:

   Reyting mezonlaridagi ballarning shakllanishida Prezident huzuridagi statistika agentligidan maʼlumotlar olinishi kerakmi?

"Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-noyabrdagi 699-son qarori hamda unga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq, loyiha-qidiruv va qurilish-pudrat tashkilotlarining reyting mezonlaridagi ballarining shakllanishida Prezident huzuridagi statistika agentligining maʼlumotlar bazasidan foydalanilmaydi.
  Bugungi kunda QQS (qo‘shilgan qiymat soligʻini toʻlovchilar) guvohnomasiga ega boʻlgan loyiha-qidiruv tashkilotlari boʻyicha reyting shakllantirilgan, soliq elektron maʼlumotlar bazasidan talab etilgan maʼlumotlar olingan.

  Elektron reyting va tender masalalarining metodologiyasi boʻyicha +998 71 210-11-04 (1270, 1271) ichki raqamlariga;
• Elektron reyting va tender masalalarining ijrosi, yaʼni loyiha va pudrat tashkilotining reytingdagi shakllangan ballari haqida tenderdagi baholash natijalarining kelib chiqishi boʻyicha +998 71 210-11-04 (1281, 1282, 9988) ichki raqamlariga qoʻngʻiroq qilib, oʻz murojaatlarini bildirishlari mumkin.

Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo'ling

| Web| Instagram| Facebook| Telegram| Youtube|