Get Mystery Box with random crypto!

Прокурор ўқитувчиларнинг ноутбукини нега бермаяпти? 'Xorazm v | Muxbir Daliev

Прокурор ўқитувчиларнинг ноутбукини нега бермаяпти?

"Xorazm viloyat Tuproqqal'a tuman 7-maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisiman.

Maktabimizda ko'p yillardan buyon kichik neetbooklar ishlatar edik, foydalanishga qulay, internetga, televizorga ulangan edi.

2022-yil 5-avgust kuni tuman Xalq Ta'limi bo'limiga tekshirish maqsadida olib ketildi.

Mana ikki oydan oshdiki, qancha so'rab surishtirmaylik, bu kompyuterlarni ololmadik, sababi tuman prokuraturasi XTBdagilarga bir xonada qulflab qo'yishni buyurgan emish.

Bizni darsliklarimizda esa matnlar o'rniga tinglash uchun audiomatnlar juda ko'plab berilgan, biz bu audiomatnlarni telefon orqali past ovozli bo'lsa ham eshittirishga harakat qilyapmiz, ammo samarasi kam.

Holbuki sinflarimiz televizor, internet bilan ta'minlangan.
Respublika XTVdan iltimos qildim, viloyat boshqarmasiga havola qildi, u yer tumanga, tumandagilar prokuraturadagi Farrux degan yigitga murojaat qiling dedi.

Sababini so'rasam, qachonki sud bo'lsa keyin qaytarib berasiz degan ekan bu bola, bo'lmasa yo'qotgan maktablar obkelib, topdim deb ko'rsatadi deganmish.

Nahotki har bir kompyuterning o'z kodini yozib, bayonnoma yoxib tarqatish shuncha qiyin bo'lsa, yoki bu Farrux deganlari kompyuter maktabda o'ta zarur ekanligini bilmaydimi?

Yoki unga hech kim tushuntirolmaydimi? O'qituvchi Quryazova Laylo."

@muxbirdaliev