Get Mystery Box with random crypto!

Mendan nima qolar: Ikki yaxshi post, Ikki proekt. Bir uyum tup | Nayman

Mendan nima qolar:
Ikki yaxshi post,
Ikki proekt.
Bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan
Nima desa der,
Men seni o'ylayman
O'zimdan ko'proq-
O'zbek xalqim,
Va qoraqalpoq.


Hayotdagi ikki tayanchim va ikki eng yaqin, sodiq do'stim bor: otam va onam!!!

Jiddiy tanqidiy postlar yozilmayotganligidan, yoshlar ittifoqining yaxshi tadbirlari yozilayotganidan bezigan mushtariylarim, biz o'rni kelsa tanqidiy yozishdan hayiqmaymiz!


Ammo, o'ylab qolaman: har kuni otam va onam qayg'urishi uchun arzirmikan?!

Go'dak paytimdan sho'xliklarimga asab tomirlari uzilgan insonlarni yana qiynash kerakmi?!

<> - deyishingiz mumkin. Ammo, har narsaning me'yori bo'ladi. <>. Men o'z fuqarolik vakolatim doirasidagi barchasini yozaman. Ammo undan ortig'ini emas.

Bizning ham siyosatdan ozmuncha xabarimiz bor. (Meni yosh deb o'ylovchilar diqqatiga!).

Ishonasizlarmi, yo'qmi kanalga
<< Удалить >> tugmasi bosilib,
o'ylana-o'ylana <<нет>> ni bosganman.


Sababi, shu xobbi o'zimga juda yoqadi.

Sababi, shularni kimdir yozmayapti.( Birov yozganda men yozmasdim, faqat o'qib o'tirardim).

Sababi, ichimdagi bor gap-so'zni to'kib soladigan maydon kerak.

Sababi, siyosatga aralashgim keladi. (U ham beruxsat bizlarning hayotga aralashyapti-ku! )


Sababi, nimalarnidir o'rgangim keladi. (Yozish uchun ham avval o'rganish kerak).

Sababi, xalqimni sevaman.

Sababi, sababi, sababi...


Bu sabablarning barchasini otam va onamning gaplari yo'q qila oladi. Shunday holatda bo'lsam , xafa bo'lish yo'q.

E'tibor uchun rahmat.

Bizning kanal :http://t.me/xayrullo_blog