Get Mystery Box with random crypto!

Мажбурий овоз йиғаётган Бешариқ тумани ҳокимига 'қарсаклар'! | Muxbir1

Мажбурий овоз йиғаётган Бешариқ тумани ҳокимига "қарсаклар"!

"Assalomu alaykum muhbir Daliev. Beshariq tumanidan qoʻrqmasdan muammosini olib chiqgan insonga tassanolar. Chunki mana shuncha odam yurak yutib ayta olmagan muammoni hokimning oʻzboshimchaligini xallqga ayta oldi. Shundan men ham koʻtarinki kayfiyatda sizga yozmoqdaman. Oʻzim tumandagi bankida ishlayman (lavozimim sir boʻla qolsin.)

Bizning tumanda xaqiqatdan xam hamma tashkilotlarni oʻyin qilib oʻynatishyabdi. Bizning tashkilotga xam xar bir hodim uchun kunlik 50 ta norma qoʻyildi xokim tamonidan.

Norma bajarilmasa boshliqni nima desa deb istagan joyiga olib borib kelayabdi. Soliq, kadastr, xalq talimi maktabgacha talim hamma sohada shu mavzu.

Biz nima qilelik endi shu hokimni deb oʻz ishimiz qolib odamlarga telefon qilib koʻdni aytvoring koʻd boradi deb oʻtribmiz. Iltimos tashkilotlarni tinch qoʻysin yoki hokimni bu qilayotgan ishlarini tegishli idoralar kelib oʻrgansin.

Meni gaplarimni istalgan tashkilotlardan yoki koʻchadagi Beshariq axolisidan Soʻrashsa aytadi isbotini. Agar oddiy odam boʻlib istalgan tashkilotga kiring eshikni tagida ikkita odam kutib oladi oldin ovoz bergizib kein ichkariga kirgizadi. Ular ham nima qilsin hokim buyrugʻi shu."

@muxbir1