Get Mystery Box with random crypto!

Наманганда болаларни ҳадик билан мактабга жўнатишади. 'Assalo | Muxbir1

Наманганда болаларни ҳадик билан мактабга жўнатишади.

"Assalomu alaykum Xurshid aka! Men Namangan Viloyati Davlatobod tumani Yuksalish mahallasi Voyenniy dom aholisi nomidan yozyapman.

Bizni qatnov ko'chamizda yo'l chetida piyodalar uchun yo'lakcha ajratilmagan, shu yo'ldan har kuni bolajonlarimiz maktabga qatnashadi,mashinalar serqatnov bo'lgani uchun bolalarimizdan havotir olib o'tiramiz, yo'l chetida trotuar bo'lmagani uchun bolalar noiloj mashinalar yurgan yo'ldan yurishga majbur bo'lishadi.

92- maktab oldiga ogohlantiruvchi belgilar qo'yilmagan,bolalar yo'ldan o'tishi uchun belgilar chizilmagan. Hokimlarga bu haqida murojaat qildik.

Natija yo'q. Qachonki bir falokat bo'lsa,keyin qilinadi shekilli. Iltimos bolajonlarimiz xavfsizligi uchun shu masalada amaliy yordam bersangiz."

П/С: Ҳокимлар уйида тўй қилса қудасини уйигача асфалт қилиб таъмирлашади. Мактабгаям шунақа қилса бўлмасмикин?

@muxbir1