Get Mystery Box with random crypto!

Шу йўлни тартибга келтириб қўйядиган мард борми? 'Jizzax sha | Muxbir1

Шу йўлни тартибга келтириб қўйядиган мард борми?

"Jizzax shahar Zargarlik mahallasida joylashgan 19 maktab o‘quvchilari mana bunday holatda qiyinchilik bilan piyodalar yo‘lakchasidan o‘tib ketmoqda, maktab oldida tadbirkorlik qilishni maqsad qilgan shaxslar tomonidan qazib tashlangan, lekin bunga mahalla raisi, shahar hokimligi hamda sektor rahbari va boshqa mutassadilar ko‘ra bila turib indamasdan kelmoqda.

Maktabda 3900 nafar o‘quvchi taxsil olib kelmoqda, o‘quvchilar ushbu qazib qo‘yilgan chuqurlikka tushib tan jaròhati olsa kim javobgarlikni bo‘yniga oladi?"

Тўғриси бу каби мурожаатларни эълон қилиш аслида сизу бизга, ҳаммамизга уят бўлиши керак. Актуал муаммоларимиз турганда бу каби масалалар билан юришимиз тўғри эмас. Аммо шу мактаб болалари билан бирон корхол бўлмасин деган ўй билан эълон қиляпман.

Ҳашар йўли билан бўлса хам текислаб ташелар! Илтимос.

Каналга уланинг: https://t.me/muxbir1