Get Mystery Box with random crypto!

Ayol kim? «Ayol — erkak unga aziyat bermasligi va uning bir p | الْقَارِعَةِ | ོ

Ayol kim?

«Ayol — erkak unga aziyat bermasligi va uning bir parchasi ekanini unutmasligi uchun erkak qovurg‘asidan yaralgan xilqat.

Ayol — erkak Jannatda yolg‘izlikdan ezilib yurgan vaqtda Alloh taolo unga tuhfa qilgan omonat.

Ayol — erkak xonadonining ko‘rki bo‘lgan onasi, singlisi va jufti haloli.

Ayol — «Niso», «Mujodala», «Nur», «Taloq» va «Maryam» surasi.

Ayol — ona bo‘lganida Jannat qadamlari ostida bo‘ladigan zot.

Ayol — Alloh taolo merosdagi erkak hissasining yarmini unga bergan ojiza. Tahqirlash uchun emas balki, ayolning barcha ishlarini erkak boshqarishi uchun.

Ayol — Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u haqida ummatlariga qarata: «Ayollarga yaxshilik qilishingizni vasiyat qilaman!» – degan beg‘ubor.

Ayol — Robbisi unga: «Ye, ich va ko‘zing quvonsin...» ( Maryam-26) - degan e’zoz.

Ayol — zeb-ziynatlar ichida parvarishlanadigani tuhfa.

Ayol — soliha bo‘lsa, mingta betavfiq erkakdan afzal bo‘ladigan shaffof shisha.

@all_qomarun | Qur'on qalblar shifosi