Get Mystery Box with random crypto!

So'nggi bir necha hafta ichida men kun va tunning turli vaqtla | Muxammaddin Qodirov

So'nggi bir necha hafta ichida men kun va tunning turli vaqtlarida shahardagi shovqin darajasini kuzatdim (bir turdagi tadqiqot). Maqsad shovqin ifloslanishining o'rtacha darajasini aniqlash edi. Ko'pincha o'lchov "Ovoz darajasi o'lchagich" ilovasi ( https://play.google.com/store/apps/details?id=com.splendapps.decibel&hl=en&gl=US ) va qisman Ovoz "Analizator ilovasi" ( https://play.google.com/store/apps/details?id=com.dom.audioanalyzer&hl=ru&gl=US ) yordamida amalga oshirildi.
Qurilma: model raqami [SM-J600F/DS], seriya raqami [RF8K60VFWVR].
Qurilma dasturiy ta'minoti: One UI versiyasi [2.0]; Android versiyasi [10]; yadro versiyasi [3.18.140-20855712 №1 8-fevral, 18:48:42 KST 2022].
Ekran suvratini (skrinshotni) olishga (saqlashga) harakat qilganda, ma'lum bir shovqin paydo bo'ldi, buning natijasida indikator "buzildi" va maksimal desibel qiymati oshdi. Iloji bo'lgan vaqt, yulduzcha ("*") bilan belgilangan asl qiymat kiritildi.
Kuzatish 2022-yilning 19-iyulidan 1-avgustigacha (intervallarda) oʻtkazildi.
Hududi (geolokatsiyasi): Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19-mavze.