Get Mystery Box with random crypto!

Duradgor Keksa duradgor nafaqa yoshiga yetganida rahbariga i | Mutolaam zavqli

Duradgor

Keksa duradgor nafaqa yoshiga yetganida rahbariga ishdan bo'shab, oilasi va nabiralari davrasida yashamoqchiligini aytdi.
Rahbari duradgordan so'nggi xizmat vazifasini so'rab, so'nggi bor bir uy tiklashini istaydi. Duradgor rozi bo'libdi va ishga kirishibdi. Lekin astoydil ishlashni istamagani uchun sifatsiz mahsulotlar bilan qo'l uchida tikladi. Uy bitgach ish beruvchi buyurtmasini ko'zdan kechirish uchun keldi. Tashqi eshik kalitini duradgorga berdi.
-Bu uy seniki! - dedi. - Shunda xizmatlaring uchun senga mening hadyam bo'lsin!
Duradgor hayratdan qotib qolibdi. Uyatdan lov-lov yonayotgan yuzini yashirish uchun boshini yerdan ko'tarolmay qoldi. Uyini o'zi uchun qurayotganini bilganida shunday qilarmidi ?....
Qissadan qissa : Har doim zimmangizdagi vazifani ma'suliyat bilan bajarishga harakat qiling.

Seni jannatda kutaman

shunchaki bir xulosa
O'qigan namozlarimiz o'zimiz uchun!
@Mutolaam_zavqli