Get Mystery Box with random crypto!

Mana bu hayvon Baribussa to‘ng‘izi bo‘lib, uning shoxlari vaqt | Mutolaa ☕📚

Mana bu hayvon Baribussa to‘ng‘izi bo‘lib, uning shoxlari vaqt o‘tgani sari bosh suyagiga qarab o‘sar va uni teshib o‘tib o‘ldirar ekan.

Bugungi kunda jamiyatimizdagi ko‘plab illatlar o‘zimizga qarab o‘sayotgan shoxga o‘xshaydi. Kun kelib bosh chanog‘imizni teshib o‘tadi va halok etadi. Bu shoxlarni kesib tashlaydigan yagona vosita ilmdir (eng avvalo Allohni tanish ilmlaridir!).

Birodarlar, kamina zerikganidan ilmga da’vat etmayapti. Zero, dunyo naqadar o‘zgarib borayotganligini o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Agar farzandlaringiz zolimlarning kundasida jon berishini xohlamasangiz, oxirgi tiyiningizgacha o‘qiting!!! 300 kishilik to‘y qilib, darajangiz oshib qolmaydi, biroq ilm olsangiz, albatta, Allohning oldida sharafingiz yuqori bo‘ladi.

O‘qinglar, birodarlar, o‘qinglar!!!